Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya o‘z do‘stini yordamsiz tashlab qo‘ymoqchi emas

Rossiya o‘z do‘stini yordamsiz tashlab qo‘ymoqchi emas

Rossiyadagi keskin ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz, sariyog‘ va kartoshka taqchilligi, sut mahsulotlari narxining ko‘tarilishi avj olgan bir paytda Kreml kommunistik Kubani kulfatda qoldirmayapti.

Rossiya energetika inqirozi tufayli yordam sifatida Kubaga shoshilinch ravishda 80 ming tonna dizel yoqilg‘isi va jami 62 million dollarlik uskunalar jo‘natmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishchenko hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Kuba hukumatlararo komissiyasi hamraislari uchrashuvida ma’lum qildi.

Yordam prezident Putinning topshirig‘iga binoan yuborilmoqda.

Bundan tashqari, Putin topshirig‘iga ko‘ra, Rossiya energetika tizimi uchun shoshilinch zarur uskunalarni yetkazib berish uchun yana 2 million dollar ajratadi.

Eslatib o‘tamiz, uch hafta oldin Kubada butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti o‘chirilgan edi. Mamlakat milliy elektr energetika tizimi ishdan chiqqan.

Kiritildi: 23:15 08.11.2024. O'qildi: 35177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!