AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Donald Tramp Demokratik partiyaga Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasi xarajatlari tufayli yuzaga kelgan qarzni to‘lashga yordam berishni taklif qildi.
Bu haqda u Truth ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qat’iyat va jasorat bilan kurashgan, rekord darajadagi mablag‘ to‘plagan demokratlarda bir dollar ham qolmaganiga juda hayronman. Endi ularni ta’minotchilar siqmoqda," - dedi Tramp.
Saylangan prezident Respublikachilar partiyasiga demokratlarga birlik yo‘lida yordam berishni tavsiya qildi.
Politico gazetasi jurnalisti Kristofer Kadelego avvalroq manbalarga tayanib, Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasi demokrat 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ yiqqaniga qaramay, 20 million dollar qarzdorlik bilan yakunlanganini, 16 oktyabr holatiga ko‘ra esa uning hisob raqamida 118 million dollar borligini ma’lum qilgan edi.