Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina futbol jamoasi o‘yin oldidan “voyenkomat”ga olib ketildi

Ukraina futbol jamoasi o‘yin oldidan “voyenkomat”ga olib ketildi

Ukrainaning Poltava viloyati futbol jamoasi o‘yin oldidan Harbiy ro‘yxatga olish idorasiga olib ketildi, deb xabar berdi ukrainalik sport jurnalisti Igor Burbas.

“O‘tgan dam olish kunlari “Poltava” klubi “Kudrovka”ga qarshi uy uchrashuviga yo‘l olgan. “Poltava” jamoasining avtobusi harbiylar tomonidan to‘xtatilgan va jamoa Harbiy ro‘yxatga olish idorasiga olib ketilgan. Menga ma’lum qilinishicha, ularning barchasiga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi berilgan”, dedi jurnalist o‘zining YouTube’dagi kanalida.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, chaqiruv qog‘ozi topshirilgach, futbolchilar o‘yinga qo‘yib yuborilgan, biroq jamoada kayfiyat yo‘qolgan va ular o‘yinni 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlagan.

Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish haqidagi qonun 18 maydan kuchga kirdi. Hujjat harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan barcha shaxslarni hujjat kuchga kirgan kundan boshlab 60 kun ichida harbiy xizmatga chaqirish bo‘limida o‘z ma’lumotlarini yangilash majburiyatini yuklaydi. Buni amalga oshirish uchun harbiy xizmatga shaxsan kelish yoki “harbiy chaqiriluvchining elektron hisob varag‘i”da ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, chaqiruv varaqasi, hatto chaqiriluvchi uni shaxsan ko‘rmagan bo‘lsa ham, topshirilgan hisoblanadi. Qonunga muvofiq harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lganlar o‘zi bilan har doim harbiy guvohnomani olib yurishi va uni harbiy komissiya xodimlari va ichki ishlar organlarining birinchi talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.

Kiritildi: 09:56 10.11.2024. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!