Ivan Yurich yaqin vaqtlarda iste’foga chiqariladi.
99% bilan 10 noyabrda bo‘lib o‘tadigan "Bolonya"ga qarshi o‘yin uning "Roma" bosh murabbiyligidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.
Qayd etilishicha, sentyabrda Daniele De Rossining o‘rniga tayinlangan xorvatiyalik mutaxassis nafaqat natijalarni yaxshilay olmadi, balki bir necha futbolchilar bilan aloqalari ham yomonlashdi.
Ta’kidlanishicha, Yurich natijalar nuqtai nazaridan "Roma"ning so‘nggi 20 yildagi eng yomon murabbiyi. Jamoa uning qo‘l ostida 11ta o‘yin o‘tkazib, 4ta g‘alaba, 4ta mag‘lubiyat qayd etdi va uch bor durang o‘ynadi.
Tez orada Rimga klub xo‘jayinlari bo‘lmish Fridkinlar uchib keladi. Shundan so‘ng Yurichning iste’fosi haqidagi qaror rasmiylashtiriladi. Rahbariyat Roberto Manchinini taklif qilishni xohlaydi, shuningdek Klaudio Ranyeri varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.