"Rossiya prezidenti mamlakatning iqtisodiy muammolaridan norozi va yuqori martabali amaldorlarni tanqid qilgan", deya xabar berdi agentlik manbalari.
Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, urushning asosiy maqsadlari — Rossiyaning quruqlik qismi bilan anneksiya qilingan Qrimni bog‘lovchi hududlarni nazorat qilish va Ukraina qurolli kuchlarini zaiflashtirishdan iborat bo‘lgan. Harbiy harakatlar natijasida bu maqsadlarga erishilgan.
"Vladimir Putin urush davomida Rossiya iqtisodiyotida yuzaga kelgan muammolardan, jumladan, ishchi kuchi tanqisligi va kredit stavkalari yuqoriligidan tobora ko‘proq tashvishga tushmoqda. Shu sababli, u yuqori martabali iqtisodiy amaldorlarni tanqid qilgan", deya xabar berilmoqda.