Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Reuters: Budapeshtda Orban siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Reuters: Budapeshtda Orban siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Vengriya poytaxtida havo sharoiti yomon bo‘lishiga qaramay, 50 mingdan ortiq kishi norozilik namoyishiga chiqdi, deya xabar beradi agentlik.

Mitingda so‘zga chiqqan “Hurmat va erkinlik” (TISZA) partiyasi yetakchisi Peter Madiyar amaldagi bosh vazir Viktor Orbanning 15 yillik hukmronligiga barham berish va Vengriyani kuchli Yevropaning bir qismiga aylantirish lozimligini ta’kidladi.

"O‘z xalqini aldayotganlarni joyi tarix axlatxonasida bo‘lishi kerak", — deya ta’kidladi Madiyar namoyishchilar oldidagi chiqishida.

Vengriyada parlament saylovlari 2026 yilda bo‘lib o‘tadi. Reuters'ning xabar berishicha, TISZA partiyasi hozirda ko‘plab so‘rovnomalarda Viktor Orbanning FIDES partiyasidan oldinda bormoqda.

Kiritildi: 12:31 16.03.2025. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!