Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

A A A
Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

Ukrainada 1000 kilometr uzoqlikka uchuvchi yangi "Uzun Neptun" qanotli raketasi mavjud va u allaqachon uni Rossiyaga qarshi qo‘llagan, deb xabar bermoqda Forbes.

"Biz sezilarli natijalarga erishdik, - dedi shanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. - "Uzun Neptun" sinovdan o‘tkazilib, jang maydonida muvaffaqiyatli ishlatildi. Bu yangi Ukraina raketasi aniq zarba berdi. Uning ta’sir doirasi ming kilometrni tashkil etadi."

"Uzun Neptun" Ukrainaning kemaga qarshi "Neptun" qanotli raketasining uzaytirilgan varianti bo‘lib, uning uzunligi 5 metrga yetadi. "Uzun Neptun"da oddiy "Neptun"ga nisbatan ko‘proq yonilg‘i mavjud.

Zelenskiy tilga olgan "Uzun Neptun" zarbasi 14 mart kuni Ukrainadagi front chizig‘idan taxminan 480 kilometr uzoqlikda joylashgan Tuapsedagi neftni qayta ishlash zavodiga berilgani taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 11:56 16.03.2025. O'qildi: 15138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!