Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Diskotekada fojia: 50 dan ortiq qurbon!

Diskotekada fojia: 50 dan ortiq qurbon!

Shimoliy Makedoniyaning shimoli-sharqidagi Kochani shahrida joylashgan "Puls" diskotekasida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda MIA agentligi Ichki ishlar vazirligi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligidan hali rasmiy bayonot berilmagan, ammo agentlik o‘nlab jabrlanganlar mamlakatning turli shaharlaridagi shifoxonalarga yetkazilganini tasdiqladi.

Voqea sodir bo‘lgan paytda muassasada 1,5 mingga yaqin odam bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inning sababi DNK guruhi konserti vaqtida pirotexnikadan foydalanish bo‘lgan.

Voqea joyiga bosh vazir Kristian Mitskoski va hukumat a’zolari yetib kelishdi. Mahalliy aholi yordamida qutqaruv xizmatlari yong‘in oqibatlarini bartaraf etishni davom ettirmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, konsert o‘tkazilgan tungi klub egasi hibsga olingan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tadbir tashkilotchilarini so‘roqqa chaqirgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 13:45 16.03.2025. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!