Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Ukraina Bosh shtabi tasdiqladi: Ukraina Qurolli Kuchlari Sudjani tark etdi.

Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi Sudja shahridagi o‘z pozisiyalarini tashlab, Rossiya-Ukraina chegarasiga yaqinroq hududga ko‘chib o‘tdi.

Bu haqda Ukraina Bosh shtabi tomonidan e’lon qilingan xarita ma’lumot bermoqda.

Xaritadan ko‘rinib turibdiki, Ukraina qo‘shinlari shahardan ancha uzoqda joylashgan.

Sudja 2024 yil avgust oyidan beri, ya’ni Ukraina qo‘shinlari Sudja tumanidagi chegarani yorib o‘tganidan buyon, Ukraina Qurolli Kuchlarining nazorati ostida bo‘lib kelgan edi.

Kiritildi: 15:19 16.03.2025. O'qildi: 2772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!