Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Reuters AQSh Ukraina va Yevropaga taklif qilgan “tinchlik kelishuvi”ning to‘liq matnini e’lon qilidi

Reuters AQSh Ukraina va Yevropaga taklif qilgan “tinchlik kelishuvi”ning to‘liq matnini e’lon qilidi

Reuters AQSh Ukraina va Yevropaga taklif qilgan “tinchlik kelishuvi”ning to‘liq matnini e’lon qilidi.

Agentlikning xabar berishicha, ushbu kelishuv AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan 17 aprel kuni Parijda yevropalik va ukrainalik rasmiylarga topshirilgan bo‘lib, bu Vashington tomonidan har ikki tomonga bildirilgan yakuniy taklif hisoblanadi.

Tramp ma’muriyatining “tinchlik kelishuvi” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

◾️ Ukraina va Rossiya doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak. Har ikki tomon darhol texnik muzokaralarni amalga oshirishga kirishishi zarur;

◾️ Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlarini oladi. Xavfsizlik uchun kafolat beruvchilar Yevropa davlatlari bo‘ladi, shuningdek, Yevropadan tashqaridagi istagan boshqa mamlakat ham bunga qo‘shilishi mumkin;

◾️ Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lishga urinishdan voz kechadi. Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun harakat qilishi mumkin;

◾️ AQSh Qrimni de-yure Rossiya hududi sifatida tan oladi;

◾️ AQSh de-fakto Lugansk viloyatidagi Rossiya nazoratini tan oladi;

◾️ AQSh de-fakto Rossiyaning Zaporoje, Donesk va Xerson viloyatlarining ma’lum bir qismlaridagi nazoratini tan oladi;

◾️ Ukraina Xarkov viloyati hududlarni to‘liq qaytarib oladi;

◾️ Ukraina Zaporoje AES ustidan nazoratni qaytaradi, lekin uni AQSh boshqaruviga topshiradi. Zaporoje AESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Ukraina va Rossiya o‘rtasida taqsimlanadi;

◾️ Ukraina Kaxovka GESi ustidan nazoratni qaytaradi;

◾️ Ukraina Dnepr daryosida erkin harakatlanish huquqiga ega bo‘ladi. Ayrim joylarda, xususan, Xerson va Zaporoje viloyatlarida nazorat chizig‘i daryo bo‘ylab o‘tadi;

◾️ Ukraina Kinburn sohilbo‘yi hududini qaytarib oladi;

◾️ AQSh va Ukraina resurslar bo‘yicha bitim doirasida iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

◾️ Ukraina to‘liq qayta tiklanadi va moliyaviy kompensasiya oladi;

◾️ Rossiyaga 2014 yilda qo‘yilgan sanksiyalar to‘liq bekor qilinadi;

◾️ AQSh va Rossiya energetika hamda sanoat sohalarida hamkorlik qiladi.

Kiritildi: 18:59 25.04.2025. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!