Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Respublikaning ayrim hududlari jadal kompleks rivojlantiriladi

Respublikaning ayrim hududlari jadal kompleks rivojlantiriladi

“Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish
uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-132, 01.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib 16 ta tuman (shahar)da quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘rtacha 7–8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15–17 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi 4–5 foizga barqaror o‘sishini ta’minlash;

🔸ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambag‘allik darajasini
5–6 foizga pasaytirish, bunda Qo‘ng‘irot, Asaka, G‘allaorol, Denov tumanlari hamda Marg‘ilon shahrini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish;

✔️Qarorga asosan, quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi, jumladan:

🔹2025 yil 1 iyulgacha Tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari (Dastur) doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat bo‘lgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovasiya, rekonstruksiya va konservasiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari;

🔹Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyo‘l shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari;

🔹Xatirchi, Quva va Chortoq tumanlarida turizm yo‘nalishidagi master reja loyihalari;

📃2026 yil 1 yanvargacha Dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida Loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 10:09 04.04.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!