Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Respublikadagi barcha maktablar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi imkoniyati yaratiladi

A A A
Respublikadagi barcha maktablar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi imkoniyati yaratiladi

✅ Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti davomida e’lon qildi.

✅ Davlatimiz rahbari o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati doimo e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.

✅ O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga kitobxonlik madaniyatini singdirish uchun alohida tanlov o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga avtomobil sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yilgan.

✅ Mutasaddilarga bu ishlarni yanada ommalashtirish va kerak bo‘lsa, eng olis qishloqdagi maktablarga ham yetkazish topshirildi.

✅ Buning uchun maktablardagi ma’naviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.

Kiritildi: 15:09 30.09.2024. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!