Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Reshford La Liganing eng yaxshi assistentiga aylanib oldi

Reshford La Liganing eng yaxshi assistentiga aylanib oldi

"Barselona" futbolchisi Markus Reshford La Liganing joriy mavsumidagi assistentlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Angliyalik yakshanba kuni "Selta"ga qarshi o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi - har ikki vaziyatda ham 28 yoshli futbolchi Robert Levandovskiga assistentlik qildi. Endi Reshford hisobida Ispaniya chempionatida oltita assist bor - bu Luis Milya bilan bir qatorda eng yaxshi ko‘rsatkich. Shu bilan birga, "ko‘k-anorranglilar" vakili maydonda 808 daqiqa, "Xetafe" vakili esa 1080 daqiqa o‘ynadi

"Barselona" Markus Reshfordni joriy mavsum yakuniga qadar "Manchester Yunayted"dan ijaraga oldi.

Kataloniya grandining "Selta" bilan uchrashuvi 4:2 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!