Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Reklama pasporti, markirovka va ayrim to‘lovlar bekor qilinadi

Reklama pasporti, markirovka va ayrim to‘lovlar bekor qilinadi

7 may kuni o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman matbuot kotibi Guljamol Shukurova tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lum qildi:

— binolardagi peshlavha va savdo belgilarini reklama sifatida baholash hamda ular uchun «reklama pasporti» talab qilish bekor qilinadi;

— ichimliklarni raqamli markirovkalashdagi agregasiya talablari 2027 yil 1 aprelgacha kechiktirilib, jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi;

— kartaga naqd pul kiritish va shaxsiy kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiyalar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda;

— soliq penyasi asosiy qarz miqdoridan oshib ketmasligi qonunan belgilanadi;

— umumiy ovqatlanish sohasida QQS qaytarish tartibi soddalashtirilib, ekologik to‘lovlar yengillashtiriladi.

Prezident mazkur takliflarning 10 dan ortig‘ini qo‘llab-quvvatlab, mas’ullarga aniq topshiriqlar bergan.

Kiritildi: Bugun 18:24. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!