Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL. «PSJ» — «Arsenal» final sanasi va vaqti

ECHL. «PSJ» — «Arsenal» final sanasi va vaqti

«PSJ» va «Arsenal» jamoalari 2025/2026 yilgi mavsum UYEFA Chempionlar ligasi finalida 30 may, shanba kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Budapeshtdagi (Vengriya) «Ferens Pushkash» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga rejalashtirilgan.

Turnirning yarim finalida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»dan ustun keldi (5:4, 1:1). «Arsenal» esa yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasini mag‘lub etdi (1:1, 1:0).

Ma’lumot uchun, «PSJ» Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 02:40. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!