Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" yulduzini qishdayoq sotib yuborishi mumkin

"Real" yulduzini qishdayoq sotib yuborishi mumkin

Vinisius Junior qishda "Real"ni tark etishi mumkin.

Bunday variant, agar braziliyalikning yangi shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat oydinlashmasa, bo‘lishi mumkin, deb yozadi AS.

Keyingi ikki-uch oy Vinisius bilan bog‘liq vaziyat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli vinger va "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan. Madriddagi so‘nggi uchrashuvda futbolchi dastlabki moliyaviy talablarni sezilarli darajada pasaytirdi. Shunga qaramay, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 20:29 20.09.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!