Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"Real" yulduz yarim himoyachisini yangi shartnoma bilan taqdirlamoqchi

"Real" yulduz yarim himoyachisini yangi shartnoma bilan taqdirlamoqchi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin kelajakda klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Inglizning amaldagi kelishuvi faqat 2029 yilda o‘z nihoyasiga yetadi, ammo "qaymoqranglilar" rahbariyati xavbekni ajoyib o‘yini uchun shartlari yaxshilangan bitim bilan taqdirlashi mumkin. «Diario AS» xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining agentlari allaqachon "qirollik klubi" vakillari bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.

Jud Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga "Real"ga o‘tgandi.

Kiritildi: 17:52 14.02.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!