Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" yulduz futbolchini 100 mln yevroga transfer qilmoqchi

"Real" yulduz futbolchini 100 mln yevroga transfer qilmoqchi

Madridning "Real" klubi kelasi mavsum oldidan yulduz futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS jurnalisti Xoakin Maroto xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" nomi hali e’lon qilinmagan yulduz futbolchini yozda, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, futbolchining narxi 100 mln yevrodan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda "Real" Chempionlar Ligasi chorak finaliga qadar yetib borib, "Arsenal"ga yutqazgan edi. Shuningdek, "qaymoqranglilar" Ispaniya kubogi va Superkubogi finaliga chiqdi va u yerda Kataloniyaning "Barselona"siga yutqazdi. 37-tur yakunlariga ko‘ra, Madrid klubi La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 07:57 20.05.2025. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!