Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

«Real» Xabi Alonsoning talabi bilan ilk transfer amalga oshirish arafasida

«Real» Xabi Alonsoning talabi bilan ilk transfer amalga oshirish arafasida

Madridning «Real» klubi «Bornmut» himoyachisi Din Xeysenning sotib olishga yaqin turibdi.

Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, 20 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachi «qirollik klub»ning yozdagi birinchi yangi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. «Real» hech qanday muzokaralarsiz Xeysenning 50 million funtlik tovon pulini to‘liq to‘lagan va himoyachining atrofidagi shaxslar bilan muzokara olib bormoqda.

Xeysen Angliya Premyer-ligasidagi debyut mavsumini «Bornmut» safida o‘tkazdi. Klub uni 2023 yili 15,2 million yevroga xarid qilgan edi. 2024/25 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 23:12 15.05.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!