Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real": Vinisiusni 1 milliard yevroga sotamiz

"Real": Vinisiusni 1 milliard yevroga sotamiz

Yulduz hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi hamon muhokama qilinmoqda. Bu mavsumda braziliyalik futbolchi hali biror marta ham "Real" safida to‘liq o‘yin o‘tkazgani yo‘q, bu esa futbolchini qoniqtirmasligi aytilmoqda. Matbuot 25 yoshli Vinisiusni Saudiya Arabistoni qiziqishlari bilan bog‘lashda davom etmoqda.

Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, "Real" Saudiya Arabistoni klublarini agar Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, uni 1 milliard yevroga sotib olish imkoniyatini ishga tushirishi haqida ogohlantirgan.

Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga transferi tarixdagi eng qimmat transfer bo‘lib qolmoqda. 2017 yilning yozida parijliklar Neymar uchun 222 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 09:50 22.09.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!