Madridning "Real" klubi Vinisius Junior bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 24 yoshli braziliyalikka yiliga 20 million yevro maosh taklif qilmoqda, Vinisius esa yiliga 30 million yevro olmoqchi.
Futbolchining atrofidagilar yaxshiroq kelishuvga erishish uchun Saudiya Arabistoni klublari bilan parallel muzokaralar olib bormoqda.