Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" Vinisius bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

"Real" Vinisius bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

Hujumchi Vinisius Juniorning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. AS nashri sahifalarida braziliyalik futbolchi haqida maqola e’lon qilindi. Unda aytilishicha, Vinisius Madrid klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga «har qachongidan ham yaqinroq» turibdi.

So‘nggi vaqtlarda Vinisiusning sport formasi ancha yaxshilandi. Kechagina braziliyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. «Real» o‘z maydonida kechgan Madrid derbisida 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Joriy mavsumdagi 43 ta o‘yinda Vinisius 17 ta gol urdi va jamoadoshlariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 4 aprel kuni safarda «Malyorka»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:40 23.03.2026. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!