Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Real” Vinisius bo‘yicha bir qarorga keldi

“Real” Vinisius bo‘yicha bir qarorga keldi

“Real” va braziliyalik hujumchi Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlar anchadan beri futbol jamoatchiligi tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha marta to‘xtab qolgani ham bor gap.

Jurnalist Alberto Pereyro ma’lumotlariga ko‘ra, “Real” rahbariyati Vinisius Junior kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgan. Ular 24 yoshli hujumchi bilan shartnomani yangilash masalasiga yana qaytadigan bo‘ldi.

Klubdagi kelajagi borasida ikkilanib qolgan Vinisiusning o‘zi ham Madridda qolish masalasini o‘zi uchun ustuvor ekanini tushunib yetdi. Endi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yana jonlanadigan ko‘rinadi.

Vinisius Junior 2018 yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda forvard madridliklar safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 150 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 23:52 03.01.2026. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik