Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" va "Liverpul" yirik almashuv amalga oshirishi mumkin

"Real" va "Liverpul" yirik almashuv amalga oshirishi mumkin

"Real" va "Liverpul" yaqin kelajakda futbolchi almashishi mumkin. Real Madrid Confidential xabariga ko‘ra, "Enfild"ga hujumchi Rodrigo, "Santyago Bernabeu"ga esa himoyachi Ibraima Konate borishi mumkin. Shu bilan birga, "qizillar" yana 35 million yevro atrofida qo‘shimcha mablag‘ to‘lashi kutilmoqda.

Avvalroq matbuotda 26 yoshli Konate "Real"ga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Liverpul" bir yildan keyin fransuzni tekinga yo‘qotmaslik uchun uni sotib yuborishi mumkin. 24 yoshli Rodrigo ham muntazam ravishda mish-mishlarda tilga olinadi. Braziliyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kam o‘ynagan, bu esa uni kelajak haqida o‘ylashga majbur qilishi mumkin. Rodrigo 2026 yil yozida Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lish uchun tez-tez o‘ynashni xohlaydi.

Kiritildi: 23:43 13.07.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!