Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" superyulduzi Fransiya terma jamoasida jarohat oldi

"Real" superyulduzi Fransiya terma jamoasida jarohat oldi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham ma’lum qilishicha, milliy jamoa sardori va hujumchisi Kilian Mbappe yana to‘pig‘ini jarohatlab oldi. Bu holat jahon chempionati–2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Fransiya — Ozarbayjon (3:0) uchrashuvi vaqtida yuz berdi. «Real» forvardi 83-daqiqada zaxiraga olindi.

«Bu o‘sha oyoq, avval ham u yerda jarohat bor edi. Kilian dam olganida og‘riq kamayadi, lekin o‘yin paytida raqib bilan to‘qnashuvlardan qochib bo‘lmaydi. Hozircha vaziyatni baholaymiz. Mbappeda noqulaylik bor, bu yaxshi emas», — deb Deshamning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq xabar berilishicha, Mbappe Ozarbayjonga qarshi o‘yin arafasida terma jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmagan, buning sababi — to‘pig‘idagi jarohatning qayta bezovta qila boshlagan.

Kiritildi: 09:05 11.10.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!