«Real» sobiq futbolchisi Raul Albiol «Piza»ga o‘tish arafasida. Bu haqda Football Italia portali xabar berdi.
Italiya klubi 39 yoshli himoyachini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Albiolning «Vilyarreal» bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga yetgan va endi u A Seriyaga qaytishga rozi.
Ma’lum bo‘lishicha, Versiliya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Piza» klubi rahbariyati va ispaniyalik himoyachi o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan.
Albiol bir yillik shartnoma va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan kelishuvga tayyor.