Madridning "Real" klubi hujumchi Rodrigoni yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida sotib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
24 yoshli futbolchi hujum chizig‘idagi raqobat tufayli "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibidan tushib qoldi. Marca nashrining ta’kidlashicha, braziliyalik o‘z kelajagi borasida yaqin bir necha kun ichida bir qarorga kelishi kerak. "Real" rahbariyati hujumchiga agar u klubda qolishiga ishonchi komil bo‘lmasa, sotilishi mumkinligini tushuntirdi.
Rodrigoga Angliya Premyer-ligasi grandlari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining narxini 100 mln yevroga baholamoqda.