Madridning «Real» klubi Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» tayanch yarim himoyachisi Rodri Ernandesni sotib olish fikridan voz kechdi, deb xabar bermoqda Sport.es jurnalistlari.
Manbaning qayd etishicha, «qirollik klubi» rahbarlari 29 yoshli futbolchini uning yoshi va 65 million yevro miqdoridagi transfer narxi sababli sotib olishmaydi. «Qaymoqranglilar» muqobil variant sifatida «PSJ» sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik Vitinyani ko‘rib chiqishmoqda.
Rodri «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi. Ispaniyalik yarim himoyachi 2019 yilning yozidan buyon «Manchester Siti»da o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.