Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

IIQK: Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

 IIQK: Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

IIQK ma’lum qilishicha, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga uringan uchta konteyner kema ularning dengiz kuchlari ogohlantirishidan so‘ng hududni tark etgan.

Bayonotda aytilishicha, «AQSh prezidentining Hormuz bo‘g‘ozi ochiq degan asossiz bayonotlaridan so‘ng, bugun ertalab turli bayroq ostidagi uchta konteyner kema ruxsat berilgan kemalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakdan o‘tishga urindi, ammo IIQK dengiz kuchlari ogohlantirganidan keyin orqaga qaytdi».

Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi yana bir bor ta’kidladi: AQSH, Isroil yoki Eronga qarshi agressiyani qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa davlatlar bilan bog‘liq har qanday kemalar uchun o‘tish qat’iy taqiqlanadi.

Kiritildi: 21:35 27.03.2026. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!