Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasida yo‘qligi mojaro bilan yakunlandi

Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasida yo‘qligi mojaro bilan yakunlandi

Meksika va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida 29 mart kuniga belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvi chiptalar sotuvi bilan bog‘liq mojarolar markazida qoldi, deb xabar bermoqda Touchline nashri.

Dastlab ushbu bahs portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronalduning ishtirokiga urg‘u berilgan holda faol targ‘ib qilingan edi, bu esa chiptalarga bo‘lgan talabning keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Rasmiy sotuvlar boshlanganida chiptalar zudlik bilan sotib bo‘lindi, biroq ishqibozlar texnik nosozliklar va chiptalarning cheklangan miqdorda ekanligidan shikoyat qilishdi. Ko‘p o‘tmay, «qora bozor»da chiptalarning katta qismi o‘z narxidan bir necha barobar qimmat — 500 dollardan 3000 dollargacha bo‘lgan narxlarda paydo bo‘ldi.

Chiptalarni taqsimlashda ehtimol tutilgan qonunbuzarliklar, jumladan, rasmiy sotuvlar boshlangunga qadar qayta sotuvchi uyushgan guruhlarning chiptalarga egalik qilib olgani haqida taxminlar ilgari surildi. Shuningdek, taklifning sun’iy ravishda cheklangani borasida ham e’tirozlar bildirildi.

Vaziyat Portugaliya terma jamoasi Meksika (29 mart) va AQSh (1 aprel) terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun o‘z qaydnomasini e’lon qilganidan so‘ng keskin o‘zgardi. Tizza osti payi jarohati sababli Krishtianu Ronaldu yakuniy qaydnomaga kiritilmadi. Uning yo‘qligi tasdiqlangach, chiptalar narxi keskin tushib ketdi — ayrim hollarda 600 dollarlik chiptalar 100 dollargacha arzonlashdi. Chiptalarni o‘ta qimmat narxda sotib olgan ko‘plab muxlislar katta moliyaviy zararga uchradilar. Ushbu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 19:01. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!