Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real" qishda Rodrigoni sotib olmoqchi bo‘lgan klublarga uning narxini ma’lum qildi

"Real" qishda Rodrigoni sotib olmoqchi bo‘lgan klublarga uning narxini ma’lum qildi

Braziliyalik hujumchi Rodrigo Madridning "Real" klubini tark etishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, "qaymoqranglilar" Rodrigoni sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor, faqat 100 million yevro atrofida taklif bo‘lsa. Aks holda futbolchi klubda qoladi.

Manbaga ko‘ra, ayni damda Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan yagona klub Fransiyaning "PSJ" klubi hisoblanadi. Ammo braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarda 21ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golga hammualliflik qildi.

Kiritildi: 18:49 03.01.2026. O'qildi: 3717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik