"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann Xabi Alonsoning "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi.
"Fitna "Oltin to‘p"ni topshirishdan [2024 yilda] boshlandi, o‘shanda Vinisius va butun klub tadbirni boykot qildi. Ular Vinini klubdan ko‘ra muhimroq his qilishga majbur qilishdi.
Keyin "Barselona" bilan o‘yin bo‘ldi, u 70-daqiqada almashtirildi. U katta shovqin ko‘tardi, lekin jazolanmadi.
Shundan so‘ng murabbiy uzil-kesil yo‘q qilindi - bu esa so‘nggi oylarda sodir bo‘lgan voqealarning natijasi, xolos. Ayni damda futbolchilarni boshqarib bo‘lmaydi.
Eng umidli murabbiyning salohiyatini yo‘qqa chiqarish uchun besh-olti oy kerak bo‘ldi," - dedi Ditmar Xamann.