Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" prezidenti: "Afsona bilan shartnoma imzoladik"

"Real" prezidenti: "Afsona bilan shartnoma imzoladik"

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres himoyachi Trent Aleksandr-Arnold transferi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub bilan shartnoma imzoladi. Angliyalik futbolchi Madridda 12-raqamda to‘p tepadi, afsonaviy Marselo ham shu raqam ostida to‘p tepgan edi.

"Biz mutlaq afsona bilan shartnoma imzoladik. Trentning transferi bilan orzumiz amalga oshdi. U dunyoning eng buyuk klubi - "Real"da o‘ynashga qaror qildi. "Liverpul" bilan munosabatlarimiz a’lo darajada, ular bizning qadrdon do‘stlarimiz," - dedi Peres matbuot anjumanida.

"Liverpul"dagi 8 mavsum davomida Trent ikki marta APL g‘olibi bo‘lgan va bir marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Shu bilan birga, uning jamoasi eng nufuzli yevrokubok finalida ikki marta aynan Madridning "Real"iga yutqazgan.

Kiritildi: 16:34 12.06.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!