Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

«Real»ning yozdagi ilk transferi kim bo‘lishi aytildi

«Real»ning yozdagi ilk transferi kim bo‘lishi aytildi

Italiya A Seriyasining «Komo» jamoasida to‘p surayotgan argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubi uchun ilk xarid bo‘lishi kutilmoqda. «Qirollik klubi»da futbolchini qayta sotib olish imkoniyati (opsiyasi) mavjud bo‘lib, ayni damda bu summa 9 million yevroni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda argentinalik futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda. Pas va «Komo» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda A Seriyada yarim himoyachi 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!