Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmadi.
Klub braziliyalikka yiliga 20 mln yevro maosh taklif qilgan, biroq vingerning agentlari bu yetarli emas deb hisoblamoqda, deb yozadi ESPN. Vinisius vakillarining mantig‘i quyidagicha: hozirda futbolchi yiliga 17 mln yevro maosh olmoqda va maoshning bunday arzimagan oshishi uchun shartnomani uzaytirishdan ma’no yo‘q. Vinisius yiliga 20 mln yevro va bonuslar ko‘rinishida 10 mln olishni xohlaydi - Madridda bunday talablarni qondirishlari dargumon.
Ayni paytda muzokaralar muzlatilgan. Vinisius joriy mavsumni "Real"da o‘tkazishni rejalashtirmoqda, kelasi yozda esa kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi.