Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real"ning ikki futbolchisi o‘zaro tortishib qoldi

"Real"ning ikki futbolchisi o‘zaro tortishib qoldi

"Real"ning so‘nggi mashg‘ulotlaridan birida Antonio Ryudiger va Jud Bellingem o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi.

Germaniyalik markaziy himoyachi va angliyalik xavbek juma kungi mashg‘ulotlarda o‘zaro tortishib qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Edu Agirre. Biroq, manba ta’kidlaganidek, ko‘p o‘tmay nizo hal qilindi - o‘yinchilar bir-birlarining qo‘llarini siqib ko‘rishdilar.

Yakshanba kuni Ryudiger va Bellingem "qaymoqranglilar"ga La Liga bahsida "Alaves"ni mag‘lub etishga yordam berishdi (1:0). Antonio asosiy tarkibda maydonga tushib, oxirigacha o‘ynadi, Jud esa 63-daqiqada maydonga tushdi.

Kiritildi: 09:23 14.04.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!