Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real"ning birdaniga to‘rt futbolchisi "Barselona"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga qaytdi

"Real"ning birdaniga to‘rt futbolchisi "Barselona"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga qaytdi

"El-klasiko" arafasida Madridning "Real" klubida kadrlar masalasi ancha yaxshilandi. Himoyachilar Trent Aleksander-Arnold, Daniel Karvaxal va Din Xyoysen, shuningdek, yarim himoyachi Dani Sebalyos safga qaytdi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabriuio Romano. To‘rttalasi ham jarohatidan forig‘ bo‘lgan va yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi bahsda ishtirok etishga tayyor.

La Liga chempionligi uchun ikki da’vogar o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi. "Real" 9 turdan keyin 24 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barsa" 22 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 09:03 24.10.2025. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!