Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining 36-turida bugun "Malyorka"ni qabul qiladi.
Ushbu bahsda "qirollik klubi"ning naqd 10 nafar futbolchisi turli jarohatlar va diskvalifikasiya sabab ishtirok etmaydi. Ular Vinisius Junior, Rodrigo, Orelyen Tchuameni, Antonio Ryudiger, David Alaba, Eduardo Kamavinga, Eder Militao, Lukas Vaskes, Dani Karvaxal va Ferlan Mendi.