“Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Qatar futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassis Qatar futbol assosiasiyasi bilan ikki yillik shartnomani imzolashga rozilik bergan.
Ayni paytda Qatar terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining A guruhida 10 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. Ularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoni yo‘q. Lekin ular 3-o‘rinni egallab, saralashning keyingi bosqichiga yo‘llanma olishi mumkin.