Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger bir necha oy davomida chap tizzasida og‘ir noqulaylik bilan o‘ynamoqda.
Relevo nashrining so‘zlariga ko‘ra, agar Ryudiger shunday davom etsa, tizzasidagi og‘riqdan tuzalib ketish uchun operasiya qilinishi ehtimoldan yiroq emas.
32 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsumda jami 47 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 1 ta assist berdi.