Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Liga1 peshqadami: Bizga Husanovni bering!

Liga1 peshqadami: Bizga Husanovni bering!

"Manchester Siti" o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo‘yicha ijara taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev o‘z telegram-kanalida yozdi.

Uning ma’lum qilishicha, "Lans" klubi prezidenti Jozef Mari Ugurlyan "Manchester Siti" prezidentiga qo‘ng‘iroq qilib Abduqodir Husanovni yarim yilga ijaraga berishni so‘ragan.

"Lans" ayni paytda Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Klub Husanovni "PSJ" bilan raqobatda yordam berishini xohlagandi. Biroq "Siti" tomoni buning iloji yo‘qlini ma’lum qilgan.

Hozirda Abduqodir Transfermarkt portalida 35 million yevroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 9 ta o‘yinda jami 597 daqiqa maydonda harakat qildi.

Kiritildi: 23:48 19.12.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!