"Real" kelasi mavsum uchun tarkibni yangilashni rejalashtirmoqda.
Madridliklar ikki yulduz bilan xayrlashmoqchi. "Qaymoqranglilar" David Alaba va Daniel Karvaxalga umid qilmayapti. Futbolchilarning shartnomasi yozda yakunlanadi. Qayd etilishicha, avstriyalik futbolchi yaqin transferlar davridayoq Madridni tark etishi mumkin. O‘yinchiga "Sharlott" da’vogarlik qilmoqda.
La Liganing 18 o‘yinidan keyin "Real" ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 42 ochko mavjud.