Madridning “Real” klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premyer-ligasi vakillarining e’tiborini tortdi.
21 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida guruh bosqichining uchta o‘yinida ikkita gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.
Ispaniyalik futbolchining muvaffaqiyatlari e’tibordan chetda qolmadi. AS xabariga ko‘ra, Angliyaning uchta top-klubi Garsiyani o‘z safida ko‘rmoqchi. Aniq nomlar hozircha oshkor etilmagan, ammo futbolchining o‘zi ketishni istamasligi allaqachon ma’lum.
Gonsalo Garsiyaning shartnomasida tovon puli 50 million yevroni tashkil etadi.