Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Real» futbolchisi transferdan bosh tortdi

«Real» futbolchisi transferdan bosh tortdi

Dani Sebalyos "Marsel"ga o‘tishdan bosh tortdi.

Avvalroq, fransuz klubi "Real" bilan 29 yoshli yarim himoyachining transferini kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi.

AS xabariga ko‘ra, "Marsel" futbolchini 11+4 mln yevroga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Madridliklarni bu taklif qoniqtirdi, ammo futbolchining o‘zi transferdan bosh tortdi.

Agar yaqin kunlarda "Real" va futbolchini qoniqtiradigan taklif tushmasa, Dani hozirgi jamoasida qoladi. Ta’kidlanishicha, "Betis" xavbekning qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Sebalyos La Liganing o‘tgan mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 21:47 27.08.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!