Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Real" futbolchisi - "Atletiko" bosh murabbiyiga: «Gapir endi!»

"Real" futbolchisi - "Atletiko" bosh murabbiyiga: «Gapir endi!»

Brahim Dias Chempionlar Ligasidagi derbida gol urgach, raqib bosh murabbiyi tomonga baqirdi.

«Real» 1/8 finalning birinchi o‘yinida «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi, marokashlik yarimhimoyachi esa 55-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Goldan so‘ng «qaymoqranglilar» havbeki Diyego Simeone tomonga qarab: «Gapir endi! Gapir endi!» deya baqirdi. Bu holat Movistar efiriga tushib qolgan.

Ma’lumot uchun, dushanba kuni o‘yin oldi matbuot anjumanida «Atletiko» ustozi «Real»ning bo‘lajak bahs uchun ehtimoliy tarkibi haqida gapirib, Diasning maydonga tushishiga shubha qilgandi: «Menimcha, ular Bellinghem o‘rnini to‘ldirish uchun Chuameni va Kamavinga bilan birga Modrichni o‘ynatishadi. Braim tushirilishiga ishonchim komil emas».

Kiritildi: 23:35 05.03.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!