Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" darvozabonining keyingi manzili Turkiya bo‘lishi mumkin

"Real" darvozabonining keyingi manzili Turkiya bo‘lishi mumkin

Madridning "Real" klubiga tegishli bo‘lgan ukrainalik darvozabon Andrey Lunin klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Sporx xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, darvozabonni Istanbulning "Galatasaroy" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Turkiya grandi Lunin nomzodini kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan Fernando Musleraga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ukrainalik futbolchi "Galatasaroy" uchun ustuvor variant hisoblanadi.

Andrey "qirollik klubi" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. Joriy mavsumda ukrainalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida o‘nta o‘yinda maydonga tushdi. Uning bozor narxi 20 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:30 25.03.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!