Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Real»da asosiy tarkibga kira olmagan futbolchi klubdan ketishga qaror qildi

«Real»da asosiy tarkibga kira olmagan futbolchi klubdan ketishga qaror qildi

Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin mavsum yakunlangach, Madridning «Real» klubidan ketishga qaror qildi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

27 yoshli posbon uzoq vaqtdan buyon jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylab kelayotgan edi, biroq jamoadagi o‘z o‘rnini baholagach, bu qarorini qat’iylashtirdi. Barqaror o‘yin ko‘rsatishiga qaramay, Lunin Tibo Kurtuaning soyasida qolib ketmoqda va asosan Ispaniya Kubogi o‘yinlarida yoki belgiyalik darvozabon jarohat olgan hollardagina maydonga tushmoqda.

Manbaga ko‘ra, ukrainalik futbolchi faoliyatining ayni shu bosqichida doimiy ravishda zaxirada o‘tirishga tayyor emasligini bildirgan. Qolaversa, Kurtua jamoani tark etgan taqdirda ham, «Real» rahbariyati Luninga emas, balki yangi asosiy darvozabon izlashga ustuvorlik berishi haqidagi xabarlar uni yanada xavotirga solgan.

Ma’lum qilinishicha, darvozabon allaqachon agenti va klub rahbariyati bilan uchrashib, ketishiga qarshilik ko‘rsatmasliklarini so‘ragan. «Real» esa Luninning professionalizmi va mehnatsevarligini hurmat qilgan holda, unga kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining transfer narxi taxminan 20 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!