Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Lavrov Marko Rubioga Moskva Kiyevga tizimli ravishda zarba berishini ma’lum qildi — Rossiya TIV

Lavrov Marko Rubioga Moskva Kiyevga tizimli ravishda zarba berishini ma’lum qildi — Rossiya TIV

25 may kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan o‘tkazilgan telefon suhbatida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvaning Kiyevdagi Ukraina harbiylari bilan bog‘liq ob’ektlarga zarbalar berishni boshlash to‘g‘risidagi qarori haqida ma’lum qildi.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Lavrov Rubioga ushbu qaror "Kiyev rejimi tomonidan Rossiya hududidagi tinch aholi va fuqarolik ob’ektlariga qarshi sodir etilayotgan terrorchilik xurujlariga javob" ekanini aytgan.

Sergey Lavrov, shuningdek, Rossiya tomoni AQSh va boshqa davlatlarni o‘z diplomatik vakolatxonalari xodimlarini Kiyevdan evakuasiya qilishga chaqirayotganini ham Marko Rubioga eslatib o‘tdi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Kiritildi: Bugun 15:21. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!