Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning Havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarida jiddiy tanqislik yuzaga keldi – UQK

Rossiyaning Havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarida jiddiy tanqislik yuzaga keldi – UQK

Rossiya Kiyevga "ketma-ket" va "tizimli" zarbalar berishni boshlash bilan tahdid qilayotgan bir paytda, Ukraina Qurolli kuchlari Havo hujumidan mudofaa raketalari tanqisligini ma’lum qilmoqda.

Bu haqda Radio NV efirida UQKning Harbiy-havo kuchlari Kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Ignat ma’lum qildi.

Ignatning ma’lum qilishicha, Ukrainaga, jumladan, "Patriot" tizimlari uchun PAC-2 va PAC-3 raketalari, "NASAMS" uchun AIM-120 AMRAAM raketalari, shuningdek, G‘arbning boshqa HHM komplekslari uchun o‘q-dorilar yetishmayapti. U Rossiyaning so‘nggi ommaviy hujumlaridan keyin Ukraina zaxiralarni "muntazam ravishda to‘ldirib borishi" zarurligini aytdi.

"Biz jiddiy taqchillikka duch kelmoqdamiz. Uni doimiy ravishda to‘ldirib borish kerak. Ushbu tizimlarga ega bo‘lgan davlatlar Ukrainaga yordam bermoqda. Ammo bu yordam kamlik qilyapti", — deydi Ignat.

Shuningdek, Ignat Rossiya Ukraina G‘arb hamkorlaridan qancha raketa olayotganini "juda yaxshi bilishini", shu sababli Kiyev Havo hujumidan mudofaa tizimi o‘q-dorilari yetishmasligi haqida ochiq gapirishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat harbiylari yirik zarbalardan so‘ng o‘z mudofaa salohiyatini tiklash uchun hamkorlardan yordam so‘ramoqda.

Kiritildi: Bugun 15:01. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!