Bu haqda Mujtabo Xominaiyning yozma bayonotiga tayanib Al Jazeera xabar berdi.
Xominaiyning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlari endi AQSh harbiy bazalari uchun qalqon bo‘lolmaydi. Mazkur bayonot Tehron va Vashington uch oylik urushni tugatish ustida ishlayotgan paytda berildi.
"Vaqt ortga qaytmaydi, mintaqadagi davlatlar endi AQSh bazalari uchun qalqon vazifasini o‘tamaydi. Vashington endi mintaqada yovuzlik qilish yoki harbiy bazalar tashkil etish uchun xavfsiz boshpanaga ega bo‘lmaydi", — deyilgan Eron oliy rahnamosi bayonotida.